Xitoylik ishbilarmonlar Qoʻqonda keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish uchun investitsiya kiritishadi
Foto: “Xalq soʻzi”
Shu kunlarda Fargʻona viloyatida boʻlib turgan Xitoyning “Jianhua Ceramics” kompaniyasi rahbari Vu Xon Syan boshchiligidagi xitoylik sarmoyadorlar delegatsiyasi bilan viloyat ishbilarmonlari oʻrtasida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Xususan, Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotda “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish maqsadida amalga oshirish rejalashtirilayotgan yirik investitsiyaviy loyiha istiqbollari koʻrib chiqildi.
Taʼkidlab oʻtilganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda keng koʻlamli bunyodkorliklar ishlari amalga oshirilayotgani tufayli keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarishga ehtiyoj katta. Shu bois “Jianhua Ceramics” tomonidan rejalashtirilayotgan loyiha doirasida ikkita yirik ishlab chiqarish tarmogʻini tashkil etish, shuningdek, santexnika buyumlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozor ehtiyojidan tashqari, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi.
—2023-yilning besh oyida 84 ta sanoat korxonasi foydalanishga topshirilib, umumiy qiymati 1 trillion 108 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 46,6 million dollarlik eksport amalga oshirildi, — deydi “Qoʻqon” Erkin iqtisodiy zonasi rahbari Farrux Rahmonov. – Umuman olganda, 713,7 gektar maydonda joylashgan erkin iqtisodiy zonada umumiy qiymati 688 million dollar boʻlgan 129 ta investitsiya loyihalari hayotga tatbiq etilyapti. Bu loyihalar toʻliq amalga oshirilgach, hududda 15 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Botir MADIYOROV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring