Xitoyda jahondagi eng yirik GAES ishga tushirildi

17:09 13 Yanvar 2022 Dunyo
342 0

2021-yilning yakunida Xitoyning Davlat elektr tarmoqlari korporatsiyasi tomonidan Xebey provinsiyasidagi Fennin okrugida 3,6 GVt quvvatga ega GAES ekspluatatsiyaga topshirilgan edi. Oʻz navbatida, ushbu gidroinshoot jahondagi eng yirik GAESga aylandi.

GAES qurilishi 2014-yilda boshlangan boʻlib, Pekinda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Qishki olimpiada oʻyinlariga tayyor boʻlishi kerak edi. GAES yordamida Olimpiadani toʻliq “yashil energiya” bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

Obyektda har birining quvvati 300 MVt ga teng boʻlgan 12 ta reversiv nasos agregatlari oʻrnatilgan. Saqlash hajmi 6, 612 mlrd. kVt.soat ga teng.

Loyihaning umumiy investitsiyasi 19,2 mlrd. yuan (3 mlrd. AQSH doll.) ni tashkil etadi.

GAES Shimoliy Xitoy energo tizimiga doimiy yuqori kuchlanishli tok uzatmasi tizimi (VSC-HVDC) orqali ulangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?