Xitoyda oq qogʻoz sotish taqiqlandi. Bunga ayrim namoyishchilarning qogʻoz parchalariga hukumatga qarshi shiorlarni yozgani sabab boʻldi

Foto: Reuters
Xitoy boʻylab 80 000 dan ortiq savdo nuqtalariga ega “M&G Stationery” kanselyariya kompaniyasi 29-noyabrdan boshlab A4 formatidagi oq qogʻozlarni onlayn va oflayn rejimda sotishni taqiqlashga qaror qildi. Bu qarorga ayrim namoyishchilar qogʻoz parchalariga hukumatga qarshi shiorlar yozgani sabab boʻldi.
Kompaniya qogʻoz sotmasligi haqida Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan ichki xatlardan birida aytilgan. Unda taʼkidlanishicha, taqiq “milliy xavfsizlik va barqarorlikni saqlash” hamda “jinoyatchilarning katta miqdorda A4 formatidagi oq qogʻozni toʻplashi va undan noqonuniy buzgʻunchilik uchun foydalanishining oldini olish” uchun kiritilgan. Shu oʻrinda “M&G Stationery” vakillari ham mitinglarni qoralashini ham qoʻshimcha qilgan.
“M&G Stationery” kompaniyasi Shanxayda joylashgan boʻlib, oʻz mahsulotlarini dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalariga sotadi.
Namoyishlarga Shinjonning Urumchi shahrida 10 kishi halok boʻlgan yongʻin sabab boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, “COVID-19” tufayli kiritilgan cheklovlar tufayli odamlarni qutqarib qolishning imkoni boʻlmagan. Namoyishchilar koronavirus cheklovlarini yumshatishni talab qilmoqdalar va baʼzilari hatto Xitoy raisi Si Szinpinning isteʼfosini ham talab qilmoqdalar. Manbada aytilishicha, rasmiylar mitinglarni kuch ishlatish yoʻli bilan tarqatmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring