Xitoyda koronavirusning yangi oʻchogʻi aniqlandi

16:04 13 Sentyabr 2021 Dunyo
591 0

Illyustrativ foto

Xitoyning Fuszyan provinsiyasida koronavirusning yangi oʻchogʻi  aniqlandi. 

“Sinxua” axborot agentligining mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, ushbu provinsiyadagi Putyan shahrida olti kishida "COVID-19» tasdiqlangan, yana 18 nafar kasallikni simptomlarsiz tashuvchi qayd etilgan. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, provinsiyada koronavirusning oʻta yuqumli — “delta” shtammi aniqlangan. Shu bois aholini ommaviy testdan oʻtkazish boshlangan va birinchi holat qayd etilganidan keyin 81 938 kishidan namunalar olingan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?