Xitoyda dunyoda eng tez yuradigan magnitli poyezd yaratildi

10:20 21 Iyul 2021 Dunyo
750 0

Xitoyda magnitli bogʻlama orqali harakatlanadigan tezyurar poyezd konveyerdan chiqdi, deb xabar berdi Sinxua.

Eng yuqori tezligi soatiga 600 km.gacha chiqadigan ushbu transport vositasi bu borada dunyo reytingida yetakchiga aylandi.

Maʼlum qilinishicha, poyezd Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasi Sindao shahrida dastlabki qatnovni amalga oshirgan.

 China Railway Rolling Stock Corporation tomonidan qayd etilishicha, ushbu transport tizimi Xitoyning oʻzi tomonidan tashqi koʻmaklarsiz mustaqil tarzda yaratildi va mamlakat temir yoʻl sohasidagi eng soʻnggi ilmiy-texnik yutuqqa aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?