Xitoy tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

06:16 28 Iyul 2022 Siyosat
447 0

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoy delegatsiyasini Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.

Tashrif dasturiga binoan, Xitoy TIV rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishida ishtirok etadi, shuningdek, “SHHT oilasi” mamlakatlari delegatsiyalarining rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz: 28-29-iyul kunlari Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?