Xitoy taraqqiyoti dunyodan ajralmas, uning rivojlanishi uchun dunyo ham Xitoyga muhtoj — Si Szinpin

Foto: Reuters
Dunyo taraqqiyoti va Xitoy taraqqiyoti bir-biridan ajralmas, chunki Xitoy Xalq Respublikasi barcha mamlakatlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bu haqda Xitoy Komunistik partiyasining Markaziy qoʻmitasi bosh kotibi, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin aytib oʻtdi.
“Xitoy taraqqiyoti dunyodan ajralmas, uning rivojlanishi uchun dunyo ham Xitoyga muhtoj. Xitoy islohotlarni har tomonlama chuqurlashtiradi, ochiqlikni kengaytiradi, sifatli rivojlanishni ragʻbatlantiradi va oʻzining taraqqiyoti orqali butun dunyo uchun koʻproq imkoniyatlar yaratadi”, dedi Xitoy rahbari.
Eslatib oʻtamiz, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Si Szinpinni uchinchi muddatga bosh kotib lavozimiga qayta saylandi. Ovoz berish Xitoy Kommunistik partiyasi 20-Markaziy qoʻmitasining birinchi plenumida boʻlib oʻtdi. Si Szinpin, shuningdek, uchinchi muddatga Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Harbiy kengashi raisi etib tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byuro doimiy qoʻmitasining yangi tarkibini tasdiqladi. Undan yana yetti kishi, shu jumladan toʻrtta yangi aʼzo joy oldi.
Li Syan, Chjao Leszi, Van Xunin, Li Si, Say Si va Din Syuesyan qoʻmita aʼzolari boʻldi. Umuman olganda, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining yangi Siyosiy byurosi tarkibiga 24 kishi kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring