«Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston» temir yoʻli qurilishi kelgusi yilda boshlanishi mumkin — Sadir Japarov

15:22 09 Iyun 2022 Dunyo
364 0

Foto: Illustrativ foto

Qirgʻiziston prezidenti S.Japarov hozirda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, kuzgacha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yakunlansa, kelgusi yilda yoʻl qurilishi boshlanadi. Temir yoʻl 3-4 yil ichida qurib bitkaziladi.

Japarovning qayd etishicha, temir yoʻl Qirgʻizistonga yiliga $200 mln daromad keltirishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, temir yoʻl qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelajakda esa Transafgʻon temir yoʻli orqali Pokiston portlari bilan bogʻlashi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?