Xitoy-oʻzbek vaksinasi bilan emlanganlar xorijga chiqolmaydimi?

13:17 16 Avgust 2021 Jamiyat
1510 0

ZF-UZ-VAC-2001 vaksinaning 1-bosqichi bilan emlandim, lekin chet davlatga chiqish uchun Amerika yoki Germaniya vaksinasi bilan emlangan boʻlish kerak ekan. Sizlar ikki xil vaksina bilan emlanish mumkinmasligini aytyapsizlar. Men emlangan vaqtimda boshqa vaksina turlari yoʻq edi. Xitoy-oʻzbek vaksinasini olganlar xorijga chiqolmasligi rostmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

«Boshqa davlat fuqarosi sifatida siz borayotgan davlat talablariga rioya qilishingiz kerak boʻladi va albatta shu davlatlarda belgilangan vaksinalar roʻyxati boʻyicha emlanib borishingiz maqsadga muvofiq.

Bunday holatda chet el fuqarosi sifatida shu davlat aholisi orasida COVID-19 kasalligini tarqatuvchisi boʻlmasligingiz juda muhim hisoblanadi.

Hozirda Oʻzbekiston-Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan boʻlsangiz, shu vaksina bilan toʻliq emlanishingiz talab etiladi. Bu vaksina roʻyxatiga kiritilgan davlatlar ham koʻp, shu davlatlarga bemalol borishingiz mumkin.

Agar siz reja qilgan davlatning roʻyxatida bu vaksina boʻlmasa, toʻliq vaksinatsiyadan oʻtgandan soʻng 3-6 oy oʻtib, oilaviy shifokorga uchrashishingiz, organizmdagi hosil boʻlgan antitanachalar va salomatligingiz holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishingiz mumkin», deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?