Xitoy kompaniyasi Navoiy va Fargʻona viloyatlarida quyosh elektr stansiyalarini quradi
Foto: Халқ сўзи
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining (ISSV) tashkiliy koʻmagida kecha Oʻzbekiston va Xitoy hududlari oʻrtasida energetika va savdo sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama shartnomalarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
ISSV maʼlumotiga koʻra, tadbirda Oʻzbekiston tomonidan – Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Energetika vazirliklari rahbariyati, Toshkent va Jizzax viloyatlari hokimliklari rahbarlari, Xitoy tomonidan – hududlar rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat yirik kompaniyalarining 40 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar sarmoyaviy, sanoat va savdo munosabatlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan eng istiqbolli yoʻnalishlarga eʼtibor qaratdilar. Taʼkidlanganidek, uzoq vaqt davomida samarali hamkorlikda olib borilgan ishlar natijalari imzolangan hujjatlarning yirik toʻplamida oʻz ifodasini topdi.
Xususan, Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov va “Huadian Xinjiang Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Xan Sun Navoiy va Fargʻona viloyatlarida quyosh elektr stansiyalarini qurish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Bundan tashqari, imzolangan hujjatlar qatorida savdo, qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik memorandumlari hamda Toshkent viloyati va Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni oʻrtasida sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlar bor. Bitimlarda oʻzaro hamkorlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida birgalikda tegishli choralar koʻrish masalalari oʻz ifodasini topgan.
Bundan tashqari, tadbir doirasida ishtirokchilarni har ikki hududning investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ikkala tomon ham taqdimotlar oʻtkazdi.
Marosim yakunida erishilgan yuqori darajadagi ishonch va sheriklik munosabatlariga asoslangan holda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda birgalikda olib borilayotgan ishlarni faollashtirishga sodiqlik bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring