Xitoy kompaniyasi mamlakatimizga sunʼiy nafas olish apparatlari taqdim etdi — SSV

11:49 10 Iyun 2023 Dunyo
623 0

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida tibbiyot yoʻnalishida keng koʻlamli aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, koronavirus pandemiyasi davrida ushbu mamlakat mutaxassislari oʻzbek shifokorlarining yaqin hamkoriga aylangan edi.

Ushbu doʻstona aloqalar bugun ham izchil davom etmoqda. Xususan, 2022-yil 25-oktyabrda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xitoyning “China Meheco Co Ltd” kompaniyasi oʻrtasida 150 dona sunʼiy nafas olish — IVL apparatlarini gumanitar yordam sifatida yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan edi.

Ushbu kelishuvga asosan kompaniya tomonidan taqdim etilgan 69 dona IVL apparati hududlardagi davolash-profilaktika muassasalariga yetkazib berilmoqda.

Kuni kecha vazirlik mutasaddilari va kompaniya masʼullari oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ushbu uskunalarni joylarda oʻrnatish hamda mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, sunʼiy nafas olish apparati oʻpkani havo bilan taʼminlovchi ventilyatordan iborat boʻlib, uskuna kislorodli havoni oʻpkaga haydaydi, shuningdek, karbonat angidrid va toʻplangan suyuqlikni chiqaradi. Qurilma avtomatik ravishda bemorning nafas olish holatini hisobga oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?