Xitoy kompaniyalari bilan navbatdagi 2000 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha hamkorlik haqida kelishuv imzolandi

17:49 20 Fevral 2023 Iqtisodiyot
789 0

Energetika vazirligi Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVtga teng boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha “Huaneng renewables Corporation” va “Poly Technologies” kompaniyalar konsorsiumi bilan Hamkorlik haqida Kelishuv imzoladi.

Mazkur kelishuvga asosan ushbu kompaniyalar konsorsiumi tomonidan Oʻzbekistonga 2 mlrd dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritiladi.

Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar, 2024-yilda esa toʻliq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida yiliga 5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,3 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 15-fevral kuni Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha Xitoyning “CEEC ENERGY CHINA” kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?