Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

15:16 15 Aprel 2025 Dunyo
125 0

Illyustrativ foto

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning “Boeing Co.” korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda “Bloomberg” oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.

Rasmiylar, shuningdek, “Boeing” samolyotlarini ijaraga olgan aviakompaniyalarga yordam koʻrsatish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda va ular yuqori xarajatlarga duchor boʻlishi mumkin.

Qoʻshimcha qilinishicha, ushbu samolyotlarning baʼzilarini yetkazib berish va toʻlash boʻyicha hujjatlar Xitoy tomonidan 11-aprelda eʼlon qilingan va 12-apreldan kuchga kirgan javob tariflaridan oldin yakunlanishi mumkin va bu samolyotlar mamlakatga kiritilishi mumkin.

Shu yilning 2-aprel kuni AQSH prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga “oʻzaro” bojlar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Uning bazaviy stavkasi 10 foiz, ayrim davlatlar uchun esa yuqori tariflar joriy etildi. Biroq, 9-aprel kuni Xitoydan tashqari qolgan davlatlar uchun oshirilgan stavkalar 90 kunga muzlatildi.

Savdo urushidagi bir qator qadamlardan soʻng, AQSHning Xitoy mahsulotlariga qoʻshimcha “oʻzaro” tarifi 125 foizga yetdi va Xitoyning AQSH mahsulotlariga javob tarifi ham 125 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar Xitoyga sintetik giyohvand moddalarga qarshi kurashda yetarli darajada saʼy-harakatlarni amalga oshirmaganlikda ayblab, ushbu mamlakat tarifiga yana 20 foiz qoʻshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер