Xitoy banki Toshkent metropolitenini qurish uchun yarim milliard dollar ajratadi

09:52 30 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
660 0

Xitoy banki yer usti metro qurilishiga 354,36 million dollar ajratiladi, deb xabar bermoqda Norma.

“Toshkent shahrida yer usti metro liniyalarini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Loyiha Prezidentning “Toshkent shahrida halqa koʻtarilgan metro liniyasini qurish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash boʻyicha loyihaning umumiy qiymati 354,36 million dollarni tashkil etadi, jumladan:

Davlat budjeti mablagʻlari – 208,398 million dollar;

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari – 108 390 million dollar;

Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbankidan olingan kredit – 500 million dollar;

davlat ulushi – 37 076 million dollar.

Loyiha boʻyicha kapital qoʻyilmalar hajmi 317,288 million dollarni tashkil etib, ular mashina, asbob-uskunalar xarid qilish va qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?