Xitoy armiyasi urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirildi

01:31 30 Iyul 2022 Dunyo
1265 0

Foto: Reuters

Xitoy xalq-ozodlik armiyasining Weibo ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy akkauntida urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirilgan qisqa xabar eʼlon qilindi.

Shtab-kvartirasi Shandun provinsiyasi Veyfan shahrida joylashgan Xitoy xalq-ozodlik armiyasining 80-armiyasi rasmiy akkauntida “Urushga tayyorlaning!” degan qisqa xabar joylashtirilgan. Ushbu tarkib uchta moto-oʻqchi, shuningdek, tank, artilleriya va havo hujumidan mudofaa brigadasidan iborat. Unga Harbiy-havo kuchlarining 7-havo polki va maxsus operatsiyalar kuchlari brigadasi biriktirilgan.

Keyinroq berilgan izohlarda 80-armiya vakillari ushbu xabar Xitoy xalq-ozodlik armiyasi tashkil etilganining 95 yilligi munosabati bilan chiqarilganiga aniqlik kiritishib, urushga tayyorgarlik Xitoy harbiylarining asosiy masʼuliyati ekanligini qoʻshimcha qilishdi.

Avvalroq, Guandun dengiz xavfsizligi boshqarmasi Xitoy harbiy-dengiz kuchlari Janubiy Xitoy dengizida ikki kunlik harbiy mashgʻulotlarni boshlagani haqida xabar bergan edi. Departament maʼlumotlariga koʻra, amaliyotlar 29 va 30-iyul kunlari janubiy Guandun provinsiyasini Xaynan orolidan ajratib turuvchi Syunchjou boʻgʻozining gʻarbiy qismida boʻlib oʻtadi. Shuningdek, mashgʻulotlar Davanshan orolining janubi-sharqidagi ham oʻtkaziladi. Ushbu amaliyotlarning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?