Xitoy AQSHni “texnologik terrorizmda” ayblamoqda

23:54 06 Iyul 2022 Dunyo
720 0

Foto: AP

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSHni Gollandiyaning “ASML” va Yaponiyaning “Nikon” kompaniyalariga chip ishlab chiqarish uskunalarini Pekinga sotishiga toʻsqinlik qilayotgani haqidagi xabarlar tufayli Vashingtonni tanqid qildi. Bu haqda “Bloomberg” axborot agentligi yozmoqda.

«Chorshanbada kunlik brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Liszyan Vashington izlayotgan eksport cheklovlarini tanqid qildi», deyiladi agentlik xabarida.

Shu bilan birga, u bu amaliyotni “texnologik terrorizm” deb atadi. Biroq, u Pekin qandaydir javob choralarini rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq, “Bloomberg” agentligiga maʼlum qilishicha, AQSH hukumati Gollandiya hukumatini “ASML” kompaniyasini Xitoyga chiplar ishlab chiqarish tizimlaridan birini sotishni taqiqlashga ishontirishga harakat qilmoqda. Ushbu qurilma garchi eng zamonaviysi boʻlmasa-da, undan avtomobillar, telefonlar, kompyuterlar va robotlar uchun mikrosxemalarni ishlab chiqarishda faol foydalaniladi.

Shuningdek, manbalarga koʻra, Qoʻshma Shtatlar xuddi shu texnologiyani Xitoy tomoniga oʻtkazishni toʻxtatish uchun Yaponiyaga bosim ham oʻtkazmoqchi.

Manbada taʼkidlashicha, agar AQSH oʻz maqsadlariga erisha olsa, bu Vashingtonning Xitoyga eng ilgʻor texnologiyalarni oʻtkazishga joriy qilgan moratoriy doirasini kengaytirgan boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер