Xitoy AQSHni magʻlub etish uchun armiya yaratishda gumon qilindi

11:52 18 Aprel 2024 Dunyo
253 0

Arxiv surat

AQSH Harbiy-havo kuchlari vaziri Frenk Kendall Xitoyni Amerika Qoʻshma Shtatlarni magʻlub etish uchun armiya yaratishda gumon qildi.

«Biz harbiy-texnologik ustunlik uchun kurashdamiz», dedi u.

Kongressmen Mayk Rojersning taʼkidlashicha, Xitoy dengiz flotlari soni boʻyicha allaqachon AQSHdan oʻzib ketgan, havo kuchlari boʻyicha esa deyarli ortda qoldirgan.

Avvalroq, AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller Xitoy Rossiyaga harbiy-sanoat kompleksini yangilash uchun materiallar yuborganini maʼlum qilgan edi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Davlat kotibi Entoni Blinken 16-19-aprel kunlari Italiyada boʻlib oʻtadigan G 7 tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda bu masalani koʻtarishni rejalashtirmoqda.

Shu yilning mart oyida amerikalik sobiq razvedka xodimi Skott Ritter Rossiya davlat tizimi mamlakatga harbiy sanoatni rivojlantirishga imkon berishini, shu sababli AQSH qurollanish poygasi boshlansa, yutqazishini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер