Xitoy 2026-yilda Zuhra sayyorasiga zond oʻchirishni rejalashtirmoqda

19:46 12 Iyul 2022 Dunyo
710 0

Arxiv surat

Xitoy Fanlar akademiyasi 2026-yilda Zuhra (Venera) sayyorasiga uning tuzilishi va atmosferasini oʻrganish uchun VOICE (Venera Climate and Volcano Explorer) zondini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Milliy kosmik fanlar markazi saytida xabar berildi.

“VOICE loyihasi aerokosmik pilot loyihasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan bir qator missiya tushunchalari va rejalarini oʻrganishga asoslangan. Uning ishga tushirilishi 2026-yilga moʻljallangan. 2027-yilda u Venera orbitasida ilmiy izlanishlar olib boradi”, deyiladi xabarda.

Taxminan 350 kg. ogʻirlikdagi VOICE sayyoralararo avtomatik stansiyasi olimlar rejasiga koʻra, Veneraning geologik evolyutsiyasi, uning atmosferasidagi issiqlik va kimyoviy jarayonlar va sayyora yuzasi ustidagi bulutlarda hayot mavjudligi ehtimolini oʻrganadi.

Missiya eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalardan, jumladan, yuqori aniqlikdagi tasvirlar uchun multispektral qurilmalardan va diafragma sintezi uchun radarlardan foydalanadi. Ushbu texnologiya qurilma balandligi, ob-havo sharoiti va suratga olinayotgan obyektning yoritilishidan qatʼi nazar, yuqori aniqlikda Yerni masofadan turib zondlashni amalga oshirish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер