Xitoy 1 milliarddan ziyod aholisini Covid-19 ga qarshi toʻliq emladi

13:29 16 Sentyabr 2021 Dunyo
651 0

Xitoy 1 milliarddan ziyod aholisini Covid-19 ga qarshi toʻliq emladi. Bu haqda Bloomberg ma'lum qildi. Bu koʻrsatkich Xitoy aholisining 70% dan koʻprogʻiga toʻgʻri keladi. 

15-sentyabr holatiga koʻra, Xitoyda jami 2.16 milliard doza vaksinadan foydalanilgan, deya xabar berdi Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi matbuot kotibi Mi Feng.

 Xitoy bu koʻrsatkichga Xitoy Sinofarm davlat inaktivatsiyalangan vaksinasiga birinchi shartli roziligini berganidan va tarixdagi eng katta emlash kampaniyasini boshlaganidan taxminan 10 oy oʻtgach erishdi.

Xitoyning emlash strategiyasining muvaffaqiyati soʻnggi oylarda kasallik qoʻzgʻatuvchisining yuqish va tarqalish holatlarining oldini olmadi. Mamlakat ichkarisida virusga chalinish holatlari hali hamon kuzatilmoqda. Hozirda davlat janubi -sharqiy Fujian provinsiyasida Covid-19ning yangi deltasining avj olishi kuzatilmoqda.

Ma'lumot uchun, AQSh va Yaponiya aholisining yarmidan koʻpi toʻliq emlandi, Buyuk Britaniya va Germaniyada bu koʻrsatkich 60%dan oshdi, Hindiston aholining 15% dan kamrogʻi toʻliq vaksinalangan.

Xitoy poytaxti Pekinda katta yoshlilarlarning 97% dan koʻprogʻi, yaqin atrofdagi Tyantszinda 12 yoshdan oshganlarning 80%i toʻliq emlangan. Pekin, shuningdek, dunyoning turli qismiga 800 million doza vaksina eksport qilgan.

Mamlakatning markaziy shahrlaridan boʻlgan Shanxayning moliyaviy markazida va qoʻshni Zhejiang provinsiyasida bu koʻrsatkich 80% ga yaqinlashmoqda. Bundan farqli oʻlaroq, gʻarbiy viloyatlarda emlashlar darajasi past.

Xitoyning toʻliq emlangan darajasi koʻplab rivojlangan mamlakatlarni ortda qoldirdi. Delta infeksiyasining yuqumli varianti kelishi vaksinalar samarasini tushirayotgan boʻlsada, mintaqa davlatlari tobora karantin qoidalarini yengillashtirmoqda.

Risolat MAXSIMOVA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?