Xalqimiz oldimizga qoʻygan talablarni bajarishimiz uchun hali ancha koʻp vaqt kerak boʻladi —  «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi

15:54 30 Noyabr 2020 Jamiyat
336 0

«Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev shu haqida fikr bildirar ekan, jumladan, shunday dedi:

— Biz gazni «Oʻztransgaz»ga, «Oʻztransgaz» esa «Hududgaz»ga yetkazib beradi. Bunday sistema yaratilganidan maqsad — gazni isteʼmolchiga tezroq yetkazib berish.

Oʻzbekistondagi hamma gazni «Oʻzbekneftgaz» ishlab chiqarmaydi. Biz bozordagi bir ishtirokchimiz. Masalan, Oʻzbekistonda bir yilda 51 milliard kubometr gaz ishlab chiqarilsa, shuning 34 milliard kubometri «Oʻzbekneftgaz» hissasiga toʻgʻri keladi.

Vazir boshchiligida ishchi guruh tuzilgan boʻlib, qaysi hududda gaz, elektr yetishmovchiligi boʻlsa, tezkor qaror qabul qilinyapti.

Lekin bu jarayon endi boshlandi, xalqimiz oldimizga qoʻygan talablarni bajarishimiz uchun hali ancha koʻp vaqt kerak boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?