Xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish choralari muhokama qilindi

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatimizda sanoat, tadbirkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Yil boshidan buyon 50 mingta yangi korxona tashkil topgan, eksportyorlar soni 7 ming 500 dan oshgan. Eksport hajmi oʻtgan yilga nisbatan 1,3 baravarga koʻpayib, 8 milliard 200 million dollarga yetgan.
Iqtisodiyotda ishlab chiqarish qanchalik muhim boʻlsa, mahsulotni yetkazib berish ham shunchalik ahamiyatli. Ayniqsa, hozir dunyoda logistika muammolari avjiga chiqqan vaziyatda bu oʻta dolzarb hisoblanadi.
Shu bois davlatimiz tomonidan eksportchi korxonalar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bu yil yurtimiz mahsulotlari 32 ta yangi bozorlarga kirib bordi. Jahon savdo tashkilotiga kirish boʻyicha ishlar ham jadallashmoqda.
Dunyoda yuk tashish xarajatlari oshganini inobatga olib, eksportyorlarga bu xarajatlarni qisman qoplash uchun davlat tomonidan 170 milliard soʻm kompensatsiya berildi. Shuningdek, Yevropaga tayyor mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga transport xarajatlari uchun subsidiya miqdori 50 foizdan 70 foizga oshirildi.
Mamlakatimiz mahsulotlari xorijga, asosan, 9 ta transport yoʻlagi orqali tashiladi. Taqdimotda har bir transport yoʻlagi boʻyicha dolzarb masalalar va ularni hal etish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
– Transport sohasini rivojlantirish iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim zamin. Transportda yuk tashish tannarxi past boʻlsa, ham eksport, ham investitsiya koʻpayadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Transport vazirligiga tadbirkorlar uchun eng maqbul yoʻllarni taklif etish va ularning transport xarajatlarini qisqartirish vazifasi qoʻyildi.
Yevropaga eksport yuklarini tashish uchun qoʻshimcha ruxsatlar olish muhimligi taʼkidlandi. Avtomobilda yuk tashish uchun Pokiston va Turkmaniston bilan qoʻshma transport kompaniyalari tashkil etish taklifi bildirildi.
“Qoʻngʻirot-Beynov” xalqaro avtomobil yoʻli rekonstruksiyasini jadallashtirish, yuk vagoni ishlab chiqarish quvvatlarini toʻliq ishga solish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan
- Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi
- 2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-sentabr kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring