Xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxs Polshada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

15:14 28 Iyun 2025 Jamiyat
293 0

Oʻzbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan fuqaro A.A Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, mamlakatimiz elchixonasi va Polshaning tegishli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida xalqaro qidiruvda boʻlgan fuqaro A.A mazkur mamlakat hududida qoʻlga olingan hamda yurtimizga qaytarilgan.

Bildirilishicha, fuqaro A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan boʻlib, u Oʻzbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

“Qonun oldida hamma teng. Jinoyat sodir etgan har qanday shaxs albatta javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston elchixonasi barcha fuqarolarni qayerda boʻlishlaridan qatʼiy nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi”, – deyiladi Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi Telegram-kanalida eʼlon qilingan xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?