Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining (IPC) 2023-yilgi Bosh Assambleyasi va Konferensiyasi Manama shahrida oʻtkaziladi
Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining (IPC) 2023-yilgi Bosh Assambleyasi va Konferensiyasi Manama shahrida oʻtkaziladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Manbaga koʻra, joriy yilning 27-29-sentyabr kunlari Bahrayn poytaxtida boʻlib oʻtadigan ushbu tadbirda Milliy Paralimpiya qoʻmitalari, Xalqaro federatsiyalar, mintaqaviy tashkilotlar va nogironlar sporti xalqaro tashkilotlaridan iborat IPCʻning 209 aʼzosidan 300 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Bosh Assambleya IPCʻning oliy organi hisoblanadi va oxirgi marta 2021-yil dekabrida pandemiya sabab masofadan turib oʻtkazilgan va unda tashkilotga Prezident va yangi Boshqaruv kengashi saylangan edi. Ammo Manamada saylovlar oʻtkazilmaydi, keyingi saylovlar 2025-yilda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring