Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan Xalqaro sambo federatsiyasi doimiy ravishda tan olindi

04:01 22 Iyul 2021 Sport
254 0

Xalqaro sambo federatsiyasi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan doimiy ravishda tan olindi. Bu haqda bugun Tokioda oʻtkazilgan XOQning navbatdagi sessiyasida maʼlum qilindi.

Ushbu tarixiy voqeani Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov shunday izohladi:

«Bugun sambo oilasi uchun haqiqiy bayram. Uch yil oldin sambo sporti FIAS tomonidan vaqtinchalik tan olingan edi. Shu vaqt oraligʻida biz butun jahonga bundan-da yaxshirogʻiga loyiq ekanligimizni isbotladik. Bu davr dunyodagi ogʻir vaziyat - Covid-19 pandemiyasiga toʻgʻri keldi hamda hayotimizning barcha sohalari, jumladan sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga ham taʼsir koʻrsatdi. Ammo biz inqiroz sharoitida ishlashni, koʻplab cheklovlarga moslashishni, gʻayrioddiy sharoitlarda xalqaro turnirlarni oʻtkazishni oʻrgandik. Dastlab, ushbu vazifa imkonsiz boʻlib tuyuldi, shunga qaramay, birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan bunga erishdik. Bu milliy va qitʼa sambo federatsiyalarining yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi va albatta, bizning bosh hamkorlarimizning koʻmagi tufayli amalga oshdi.

Endilikda yana-da koʻproq davlatlar samboga oʻz eshiklarni ochmoqda. Sambo musobaqalarini dunyoning 68 mamlakati telekompaniyalari, jumladan sport translyatsiyalari bayroqdori - “Eurosport” telekanali ham namoyish qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?