Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi sobiq rahbariga yangi ayblovlar qoʻyilomqda — WADA esa bundan xavotirda

18:01 14 Noyabr 2020 Sport
358 0

Butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) sobiq rahbari Tamash Ayanga qarshi qoʻyilgan yangi ayblovlardan haddan tashqari xavotir bildiradi, deb xabar berdi MOQ agentlikning rasmiy saytiga tayanib.

Yanvar oyi boshida Germaniyaning ARD telekanali jurnalist Xayo Zeppeltning IWF va tashkilot rahbari Tamash Ayanni korrupsiya yaratish va doping natijalarini yashirganlikda ayblovchi filmni namoyish etdi. Natijada kanadalik advokat Richard Maklaren boshchiligida tergov boshlangani eʼlon qilindi.

Iyun oyida Insidethegames portali tergov natijalarini eʼlon qildi, unda Ayan 40 ta musbat doping-testni yashirgani, saylovlarda ovoz olish uchun pora berish tizimi tashkil qilgani va 10 million dollardan ortiq aniqlanmagan mablagʻ topilgani haqida xabar bergan edi.

Payshanba kuni playthegame.org portalida Ayanga qarshi bir qator yangi ayblovlar oʻrin olgan maʼlumotlar paydo boʻldi. Xususan, maqolada 2013-yildagi maktublarga eʼtibor qaratilib, unda IWFning sobiq rahbari ozarbayjonlik ogʻir atletikachilar uchun test sinovlarining manfiy natijalarini qayta ishlashga aralashgani haqida aytilgan. WADAning qayd etishicha, bu qoidabuzarliklar toʻgʻrisida agentlik endi bilmoqda.

«IWF sobiq prezidenti tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar haqidagi bu soʻnggi daʼvolar kishini dargʻazab qiladi. Izlanishlarni boshlab bergan WADA razvedka va tergov departamenti, shuningdek OAV xabarlari va professor Maklaren xulosalariga koʻra, ogʻir atletikada uzoq vaqtdan beri toqat qilingan, ragʻbatlantiriladigan va yashiringan doping madaniyati mavjud boʻlgan. Bu achchiq xabarni Antidoping agentligi va butun dunyo boʻylab halol sportga gʻamxoʻrlik koʻrsatayotganlar qabul qila olmasligi aniq. WADA ushbu sport turidagi sportchilarga xavfsiz va sogʻlom muhitda teng sharoitlarda bellashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etadi», dedi WADA bosh direktori Vitold Banka.

WADA Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining yangi rahbariyatidan Ayan ishini koʻrib chiqishda OAVning soʻnggi xabarlarini inobatga olishni soʻradi. Shuningdek, agentlik federatsiyaga qarshi oʻz surishtiruv ishlarini davom ettirayotgani, shuningdek, jinoyat ishi qoʻzgʻatgan turli huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik qilib kelayotganligi haqida xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?