Xalqaro matematika olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchi bronza medalini qoʻlga kiritdi

09:52 15 Iyul 2022 Jamiyat
1352 0

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Xabaringiz bor, oʻzbekistonlik oʻquvchilar Norvegiyaning Oslo shahrida 6-16-iyul kunlari oʻtkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etdi.

Dunyoning 106 ta davlatidan 600 nafar oʻquvchi qatnashgan mazkur Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan Qorakoʻl Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Belgilangan tartibga koʻra, medal sohibi oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Bronza medali uchun oʻquvchiga 60 mln. soʻm, uning oʻqituvchisiga esa 45 mln. soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?