Xalqaro kuzatuvchilar saylovchilar faolligi haqida qanday fikrda?

13:57 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
745 0

Qisqa muddatli kuzatuvchilardan bir guruhi 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasiga tashrif buyurdi. Hindistonlik Zafar Atxar, fransiyalik Emmanuel Dyupyu, Gay Oliver Faur va Jan-Anton Duprat janoblari, shuningdek, AQSHdan xalqaro kuzatuvchi Melisa Esposti xonim ayni damdagi jarayonlar bilan tanishdi.

- Men Oʻzbekistonning oʻtgan Parlament saylovida ham xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan edim, - deydi Hindiston TIV qoshidagi xalqaro ishlar boʻyicha Hind kengashi ilmiy xodimi Zafar Atxar. – Bugun yurtingizdagi yana bir siyosiy jarayon - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatmoqdaman. Saylov uchastkalarida boʻldim. Fuqarolar oila aʼzolari bilan birgalikda kelib, saylov jarayonida faol ishtirok qilayotganiga guvoh boʻldim. Mamlakatingizdagi saylov qonunchiligi bilan oldindan tanish edim. Hozir 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi raisi saylovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq qonunchilikka kiritilgan oʻzgartishlar va shu asosda amalga oshirilgan tadbirlar haqida gapirib berdi. Yana bir muhim jihat. Oldingi safar kelganimda saylov qish faslida boʻlgani uchun juda sovuq qotganim esimda. Oʻzgarishlarga koʻra bu safargi saylov kuz faslida boʻlib oʻtmoqda va, oʻylaymanki, bu ham saylovchilarning ushbu siyosiy jarayondagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Havo ham ancha iliq va ertalabdan charaqlab turgan quyosh nurlari saylovchilar kayfiyatiga ijobiy taʼsir qilayotgandek koʻrindi menga...

Barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Okrug saylov komissiyasidan olingan maʼlumotga koʻra, soat 12:00 holatiga 577 ming 40 nafar saylovchi ovoz berish jarayonida ishtirok etdi va bu Orolboʻyidagi umumiy saylovchilar soniga nisbatan 55,2 foizni tashkil qiladi.

Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?