Xalqaro yoʻllarda tashish (XYT) daftarchasi uchun 100 000 yevrogacha bojxona toʻlovlari va soliqlarni toʻlash kafolatlanadi

Hukumat qarori (727-son, 02.12.2021-y.) bilan 1975-yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, xalqaro yoʻllarda tashish (XYT) tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar oraliq bojxona organlarida olib kirish yoki olib chiqish uchun boj va soliqlarni toʻlash yoki depozitga qoʻyishdan ozod etiladi.
Bunday bojxona organlarida XYT daftarchasini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
XYT tartib-taomillariga asosan muhrlangan transport vositalarida, muhrlangan
XYT tartib-taomillari quyidagi holatlarda qoʻllaniladi. Tovarlar:
— XYT daftarchasi bilan kuzatib borilsa;
— Kafolat uyushmasi kafolati bilan taʼminlansa;
— Bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berilgan transport vositalarida,
Transport vositalariga “TIR” yozuvli lavha yopishtirilishi lozim.
Har bir XYT daftarchasi uchun 100 000 yevrogacha bojxona toʻlovlari va soliqlarni toʻlash kafolatlanadi.
XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” bojxona kompleksi tomonidan beriladi.
Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring