Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni qachondan beri nishonlanmoqda

Foto: Shahnozabonu Shodiyeva, OʻzDJTU talabasi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlanish taklifi ilk bor 1925-yili Jenevada bolalar farovonligi boʻyicha Butunjahon konferensiyasida ilgari surilgan.
1949-yil Parijda Ayollar demokratik partiyasi qaroriga koʻra, 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” deb tan olingan va 1950-yildan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan dunyoda 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanib keladi.

1959-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari deklaratsiyasi” , 1989-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya” BMT tomonidan qabul qilindi. Bu kabi muhim xalqaro hujjatlarning qabul qilinishi jahonning keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.

Dunyoning deyarli barcha davlatlarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham ushbu sana koʻtarinki ruhda oʻtkaziladi. Kelajagimiz egalari uchun konsert dasturlari va turli tomoshalar, sayillar va sport musobaqalari tashkil etiladi. Sayilgohlar bolalar uchun shu kuni chegirmalar taqdim etadi. Xususan, joriy yil ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha muzeylar oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul tashrif imkoniyatini taqdim etildi. Bularning barchasi bolalar koʻzidagi quvonchni, ularning shoʻx kulgilarini koʻrish uchundir.
Dilfuza Qurbonboyeva, OʻzDJTU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring