Xalqaro biologiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchi bronza medalini qoʻlga kiritdi

09:40 18 Iyul 2022 Jamiyat
668 0

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Xabaringiz bor, oʻzbekistonlik oʻquvchilar 10-18-iyul kunlari Armaniston davlatida oʻtkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida qatnashdi.

Dunyoning 64 davlatidan 256 nafar oʻquvchi qatnashgan mazkur olimpiadada Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi oʻquvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Belgilangan tartibga koʻra, medal sohibi oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Bronza medali uchun oʻquvchiga 60 mln. soʻm, uning oʻqituvchisiga esa 45 mln. soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?