Xalq ustasi taklifiga koʻra Fransiyaning Burj va Buxoroning Gʻijduvoni birodarlashgan shahar maqomini olishi mumkin

Foto: Xalq so‘zi
Yaqinda Fransiyaning “A.S.I.E.” xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan festivalda bir necha davlat qatorida mamlakatimiz vakillari ham ishtirok etdi.
— Delegatsiyamiz aʼzolari Burj shahri va shahar atrofi hududlarida taqdimot, koʻrgazma va konsertlar oʻtkazdi, — deydi festival ishtirokchisi, Oʻzbekiston xalq ustasi Abdulla Narzullayev. — Bularning bari fransuzlarda katta qiziqish uygʻotdi. Oʻzimga kelsam, “A.S.I.E.” xalqaro assotsiatsiyasi bilan uch yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelaman. Shu hamkorlik doirasida Fransiya Oliy hunarmandchilik maktabi talabalarining bir necha nafari Oʻzbekistonda, jumladan, Gʻijduvonda boʻlishdi. Ularga kulolchilikdan mahorat saboqlari oʻtdik.
Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston xalq ustasi Burj shahri meriyasi bilan uchrashuv chogʻida bu koʻrkam kentni Gʻijduvon bilan birodarlashgan shahar qilish taklifini oʻrtaga tashladi. Taklif mezbonlar tomonidan oʻrganib chiqiladigan boʻldi. Shu maqsadda Burj shahri vakillari kelgusi yilning aprel- may oylarida yurtimizga, xususan, Gʻijduvonga tashrif buyurish niyatidalar.
— Ayni damda Gʻijduvon tuman hokimligi va Buxoro viloyat turizmni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda mazkur tashrifga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordik,- deydi A. Narzullayev. — Tadbirkorlik, hunarmandchilik, pazandachilik maktabi bilan dong taratgan Gʻijduvon Fransiyaliklar tasavvuridagi shahar ekaniga ishonchim komil.
Maʼlumot tariqasida aytish lozimki, Burj Portugaliyaning Aveyru, Germaniyaning Augsburg, Polshaning Koshalin, Ispaniyaning Palensiya shaharlari bilan birodarlashgan. Ular safiga Gʻijduvon ham qoʻshilsa, ajab emas.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring