Xalq uchun foydali loyiha: Tugʻilganlik va nikohni qayd etishda ortiqcha qogʻozbozlik bartaraf etiladi

Hozirgi vaqtda tugʻilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qogʻozbozlik va byurokratik holatlar saqlanib qolmoqda.
FHDYO organlari xodimlarining fuqarolar bilan bevosita muloqotga kirishishi tugʻilganlik, nikoh va nikohdan ajralganlikni qayd etishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Fuqarolar tibbiyot muassasalaridan tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnomani olib, FHDYO boʻlimlariga tugʻilganlikni qayd ettirish uchun kelmasliklari natijasida qayd qilinmagan tugʻilishlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida, Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO boʻlimlarida qayd etish tartibi belgilanmoqda. Bunda tugʻilganlik holati FHDYO boʻlimlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan QR-kodli maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
- nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun FHDYO boʻlimiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiladi;
- nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yigʻinini xabardor qilish tartibi bekor qilinmoqda;
- nikohdan ajratish haqida ariza berilganda er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-xotinning yashash joyidagi oila va xotin-qizlar boʻlimlariga elektron tizim orqali xabar berish tartibi joriy etiladi;
- FHDYO organi rahbari lavozimiga adliya organlari va muassasalarida boshqaruv lavozimlarda ishlayotgan xodimlarni tayinlash mumkinligi belgilanmoqda;
- fuqarolarning familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishda tekshiruv oʻtkazish uchun ichki ishlar organiga axborot tizimi orqali soʻrovnoma yuborish va xulosa olish tartibi joriy etilmoqda.
Ushbu loyihaning qabul qilinishi tugʻilganlik holatlarini oʻz vaqtida qayd qilishga, tugʻilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qogʻozbozlik va byurokratik holatlarga barham berishga, soha xodimlari oʻrtasida korrupsiyaviy holatlar sodir etilishining oldini olishga hamda FHDYO sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring