Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtgan vaqt davomida 20 dan ortiq elektron taʼlim resurslari ishlab chiqildi

15:54 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
412 0

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari pedagoglarining kasbiy mahoratlarini oshirish va oʻquvchilarning bilim olish koʻnikmalarini zamonaviylashtirish borasidagi texnologik jarayonlar davomiy olib borilmoqda.

Aytish joizki bugungi kunda respublikadagi umumtaʼlim muassasalarida Yagona “Elektron taʼlim” tarmogʻi yaratilib, 2000 ta maktabda toʻliq joriy qilindi.

Jumladan, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari va “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 12 mingdan ortiq kompyuter sinfxonalari va boshqa xizmat xonalari ichki lokal tarmogʻi hamda oʻqituvchilar xonalari Wi-Fi qurilmalari bilan taʼminlandi.

Maktablarda ish olib borayotgan informatika oʻqituvchilarining 6500 nafari yoki 41 foizi Python, C++, Scratch kabi zamonaviy dasturlash tillari boʻyicha oʻqitildi. Shu bilan birga Jizzax, Namangan, Xorazm, Samarqand viloyatlaridagi 2500 ta umumtaʼlim maktablarning direktorlari joylardagi IT-Park oʻquv markazlarida “AKT savodxonlik” boʻyicha oʻz malakalarini oshirishdi.

Yana bir xayrli tashabbus sifatida vazirlik tomonidan oʻtgan vaqt davomida Maktab.uz, Kitob.uz, Edukids, Smartland kabi 20 dan ortiq elektron taʼlim resurslari ishlab chiqildi.

Mazkur platformalarga maktab oʻquv dasturlari boʻyicha tayyorlangan:

— 14 000 dan ortiq videodarslar;

— 4 000 dan ortiq taqdimotlar;

— 4000 ga yaqin elektron va audio kitoblar;

— 2 000 dan ortiq interaktiv koʻrinishdagi mantiqiy oʻyinlar toʻplami joylashtirildi.

Ayni vaqtda oʻquvchilarning platformalardan keng foydalanishlarini taʼminlash maqsadida doimiy targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?