Xalq taʼlimi vazirligi delegatsiyasi BMTning Taʼlimga investitsiyalarni oshirishda innovatsion moliyalashtirish jamgʻarmasi majlisida ishtirok etdi

20:10 30 Iyun 2022 Jamiyat
409 0

Taʼlimni transformatsiya qilish boʻyicha Sammit doirasida BMTning yangi moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyilishiga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi.

BMTning Taʼlimga investitsiyalarni oshirishda innovatsion moliyalashtirish tashabbusi doirasida 2023-yildan boshlab xalqaro taraqqiyot banklari hamkorligida mamlakatlarning taʼlimini moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Anjuman ishida BMT raisining oʻrinbosari Amina Muxammad, BMTning taʼlim boʻyicha maxsus vakili, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Gordon Braun, Misr taʼlim vaziri Tarek Shavki, Buyuk Britaniya taʼlim vazirligining qizlar taʼlimi boʻyicha maxsus vakili Judit Xerberson, Osiyo taraqqiyot banki taʼlim boshqaruvchisi Vuchung Um va Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?