“Xalq soʻzi”da tanqid qilingan kamchiliklarni bartaraf etish nazoratga olindi

20:38 25 Fevral 2022 Jamiyat
891 0

Foto: Халқ сўзи

“Xalq soʻzi” gazetasining rasmiy saytida 24-fevral kuni eʼlon qilingan “Xoʻjakoʻrsinlikdan kimga naf?” sarlavhali maqolada keltirilgan holat “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati tomonidan shu kunning oʻzida nazoratga olindi. Ishchi guruhi tuzilib, oʻrganish ishlari olib borildi.

Temir–beton tayanchlarni oʻrnatishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilishini maʼlum qilamiz.

Kogon tumani “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻini Qizilgul qishlogʻi ogʻir hudud sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, bu yerda elektr energiyasi taʼminotini yaxshilashga qaratilgan qurilish va montaj ishlari davom etyapti. Maqolada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Kelgusida bunday kamchiliklarga takroran yoʻl qoʻyilmasligi uchun zarur choralar koʻrildi. Qurilish ishlarining belgilangan standartlar asosida amalga oshirilishi jamiyat rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”

AJ matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?