Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sessiyasi boʻlib oʻtdi

Unda viloyat prokurori Jahongir Xatamovning joriy yilning 6 oyida viloyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida viloyat prokuraturasi organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.
Xususan, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 3 ming nafardan ortiq fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan, tekshiruvlar va jinoyat ishlari tergovi jarayonida 44,8 mlrd. soʻmlik zarar undirilib, 10 ming nafardan ortiq fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari qanoatlantirilgan.
Shuningdek, prokuror sektorlarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yaʼni “Temir daftar”ga olingan 18 mingdan ortiq oilalardan qariyb 169 mingga yaqin oilaga tegishli yordamlar koʻrsatilib, daftardan chiqarildi.
Bu davrda oilalarning mehnatga layoqatli 21.084 nafar aʼzolarini ishga joylashtirib, 18,2 mlrd. soʻmlik moddiy va boshqa begʻaraz ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar koʻrsatildi, shuningdek, prokurorlar tashabbusi hamda homiylar koʻmagi bilan ehtiyojmand oilalar uchun jami 21 ta yangi uy-joylar qurib berilib, 96 ta oilaning uy-joyi toʻliq taʼmirlandi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, oʻzgalar parvarishiga muhtoj va kam taʼminlangan fuqarolarni himoya qilish borasida prokurorlarning aralashuvi bilan 2.343 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 39 nafar fuqarolarning kechiktirilgan 269 mln. soʻm ish haqlari toʻlab berildi, 508 mln. soʻm yetkazilgan zarar undirildi, sudlarga fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab 279 mln. soʻmni undirish yuzasidan 35 ta ariza kiritildi.
Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga ega boʻlmagan voyaga yetmaganlarning guvohnoma olmaganlik sabablari tahlil qilinib, viloyat prokurorining Qoʻshma qarori asosida ushbu sabablar bartaraf etilib, jami 112 nafar voyaga yetmaganlarga guvohnoma rasmiylashtirib berilishi va ularning buzilgan huquqlari tiklanishi taʼminlandi.
Sessiyada kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring