“Xalq banki”ning Namangan filialida firibgarlik sodir boʻldi
“Xalq banki”ning Namangan viloyati mintaqaviy markazi yollanma xodimi bankning dasturiy taʼminotiga noqonuniy kirgan holda, bank hisobidagi 9,5 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirib oldi. Bu haqda bankning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning aprel oyida sodir boʻlgan. Noqonuniy holat bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilingan.
Hozirda ushbu ishga aloqador boʻlgan shaxslarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring