Xayrli ishning katta-kichigi boʻlmaydi

17:49 03 Dekabr 2021 Jamiyat
220 0

Foto: "Xalq so'zi"

“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida yuzlab andijonlik yuzlab otaxon va onaxonlar yurtimizning turli hududlariga sayohat qilib, madaniy hordiq olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. 80 nafar nuroniylardan iborat bu galgi guruh Samarqand shahrida boʻlib, ziyorat amallarini bajardilar. Ahamiyatli jihati shundaki, ularning 35 nafarini 1-guruh nogironi tashkil etadi.

— Bu safarda onamga hamrohlik qildim, — deydi Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Mohlaroy Ahmadaliyeva. — Volidam 1-guruh nogironi boʻlgani bois deyarli uydan chiqmay qoʻygan edi. Har doim ruhan tushkun holatda yurardi. Ushbu safar onamning ruhiyatida nihoyatda katta oʻzgarish yasadi. Inson qanday holatda boʻlishidan qatʼi nazar, hayotni sevishi kerakligini, imkon qadar harakatda boʻlishi lozimligini, eng muhimi, atrofda uni qardlaguvchilar koʻp ekanligini tushundi. Buning uchun tashkilotchilarga katta rahmat!

Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi hisobidan uyushtirilgan sayohat davomida ziyoratchilar Mahdumi Aʼzam majmuasi, Shohi zinda yodgorligi, Hoji Ahror Valiy hazratlari qabrlarini hamda Goʻri amir maqbarasi, Registon maydoni va boshqa diqqatga sazovor joylarda boʻldilar.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?