Ketmonning sopi oʻzidan chiqqaniga nima yetsin?!

Foto: Xalq so‘zi
Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish hayotiy zaruratga aylandi. Buni yaxshi anglagan Vobkent tumanidagi “Buxoro Agrocluster” paxta-toʻqimachilik klasteri “Agrotexnology” deya nomlangan masʼuliyati cheklangan jamiyatini taʼsis etdi va ekin maydonlarini tomchilatib sugʻorishda asqatadigan jihozlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.
Qiymati 2,5 million AQSH dollari boʻlgan loyihaga muvofiq, xorijdan zarur texnologik liniya xarid qilindi. Rezina shlang, poliyeten quvur, filtr kabi mahsulotlar tayyorlash uchun zarur shart – sharoitlar yaratildi. Korxona rahbari N. Gʻafforovning taʼkidlashicha, bu hamkor fermer xoʻjaliklariga nisbatan arzon mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatini yaratmoqda. Qolaversa, ketmonning sopi oʻzidan chiqqaniga nima yetsin?!
“Agrotexnology” masʼuliyati cheklangan jamiyati masʼullari istiqbolda tomchilatib sugʻorish bilan bogʻliq barcha jihozlarni yaxlit tarzda ishlab chiqarish maqsadini oʻz oldilariga qoʻyishgan. Qolaversa, niyat roʻyobga chiqishi bilan ish oʻrinlari soni hozirgiga nisbatan uch – toʻrt baravar oshadi. Natijada yiliga 5 ming gektar ekin maydoni ehtiyojini qondiradigan miqdorda tomchilatib sugʻorish jihozlari tayyorlanadi.
Buni alohida taʼkidlashimizning boisi bor. «Amu-Buxoro» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mutaxassislarining kuzatishlaricha, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlarda mineral oʻgʻitlardan foydalanish hajmi 25, yoqilgʻi- moylash materiallari sarfi 20 foizga qisqarib, paxta hosildorligi sezilarli darajada oshadi. Shundan kelib chiqqan holda hukumatimiz suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari butlovchi qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini 2026-yilga qadar 85 -90 foizga yetkazishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Istam IBROHIMOV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring