Kelishilgan o‘yinda qatnashgan o‘zbekistonlik hakam va futbolchi umrbod futboldan chetlatildi

11:36 25 Avgust 2023 Sport
900 0

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Pro ligasida hakamlik qilib kelgan Lochin Dolimov o‘zining tanishi orqali xorijdagi A. ismli shaxs bilan Telegramda aloqa o‘rnatib, kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishga uringan. 

Shuningdek, Lochin Dolimov Andijon-SGS” klubining futbolchilari Shahbozbek Jumaboyev, Dilmurod Abduqahhorov va Javohir Qilichev bilan til biriktirgan holda 2023 yil 25 may kuni Pro liga doirasidagi “Navbahor Farm” va “Andijon-SGS” o‘rtasidagi uchrashuvning natijasiga ta’sir o‘tkazib, uchinchi shaxslar yordamida bukmekerlik kontoralari orqali pul tikib, moddiy manfaat ko‘rgan.

“Andijon-SGS” klubi futbolchisi Shahbozbek Jumaboyev hamda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakami Lochin Dolimov O‘FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер