Kelgusida epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ustuvor patogenlar roʻyxatini yangilashga kirishildi

12:19 22 Noyabr 2022 Dunyo
457 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kelgusida epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ustuvor patogenlar roʻyxatini yangilashga kirishdi.

Buning uchun 300 nafardan ortiq olimlar jalb qilindi. Ular 25 ta virus va bakteriya guruhlariga doir maʼlumotlarni koʻrib chiqadi. Shuningdek, kelgusida “X kasalligi” yuzaga chiqarishi mumkin boʻlgan ehtimoliy xavf omillari oʻrganiladi.

Natijada toʻplangan manbalar infeksiyalarga qarshi yanada samarali vaksina hamda preparatlar yaratish, sogʻliqni saqlash sohasiga doir zarur chora-tadbirlar hamda strategiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Aytish joizki, ilk bor patogenlar roʻyxati 2017-yilda nashr etilgan. Shundan soʻng faqat bir marta ushbu roʻyxat ommaviy yigʻilishda muhokama qilingan.

Yangi roʻyxatdan esa COVID-19, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, Ebola va Marburg viruslari, Lassa isitmasi, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS), ogʻir oʻtkir respirator sindrom (SARS), Nipah virusi, Rift vodiysi isitmasi, Zika virusi va “X” kasalligi joy olishi koʻzda tutilgan.

JSSTning yetakchi olimi Sumiya Svaminatanning taʼkidlashicha, ustuvor patogenlar roʻyxati insoniyat salomatligini asrash yoʻlida profilaktik choralar vazifasini oʻtaydi.

Yangilangan roʻyxat kelgusi yilning birinchi choragida eʼlon qilinishi kutilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер