Kelgusi yilda dala chetlarida 100 ta mini quritish, saralash va qadoqlash uskunalari hamda 70 ta kichik sovutkichlar oʻrnatiladi — Prezident

14:19 17 Noyabr 2023 Siyosat
106 0

Viloyatning qishloq xoʻjaligidagi imkoniyatlari tahlil qilinar ekan, Surxondaryo oʻzining tabiiy tuproq-iqlim sharoiti bilan ertaki mahsulotlarni yetishtirishda birinchi oʻrinda boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Lekin, hosildorligi yuqori urugʻ va koʻchat bilan taʼminlash hamda yetishtirilgan mahsulotni sotib olishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi. Shu bois, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga 10 ta tumanda in vitro laboratoriyalarini tashkil qilish topshirildi.

Kelgusi yilda dala chetlarida 100 ta mini quritish, saralash va qadoqlash uskunalari hamda 70 ta kichik sovutkichlar oʻrnatiladi. Buning uchun yerlar dehqonlarga tekin beriladi.

100 ming gektarda ixcham parniklar tashkil qilib, barra piyoz, brokkoli, rozmarin, rukkola, timyan, qizil rayhon, yalpiz kabi eksportbop ekinlar yetishtirish mumkinligi taʼkidlandi.

Termiz agro-texnologiya institutida Italiyaning Tushia universiteti, “Sivi Italiya” uyushmasi bilan Intensiv urugʻchilik va koʻchatchilik xalqaro markazini tashkil qilish topshirildi. Unda afgʻon shamoli va qurgʻoqchilikka chidamli navlar yaratiladi, in vitro laboratoriyasi va IT inkubator markazi, 20 ta issiqxona va tajriba-sinov uchastkalari ish boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер