Kelgusi yilda birlamchi boʻgʻinga dori va tibbiy buyumlar uchun byudjetdan 580 milliard soʻm beriladi

17:16 09 Noyabr 2021 Siyosat
1082 0

Prezident raisligidagi yurak qon-tomir va endokrin kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida kardiologiya sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlarga toʻxtab oʻtildi. Xususan:

— birlamchi boʻgʻinga dori va tibbiy buyumlar uchun kelgusi yilda byudjetdan 580 milliard soʻm beriladi. Bu joriy yil xarajatlaridan 3 barobar koʻp;

— 14 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari va oilaviy shifokorlar yurak kasalliklarini barvaqt aniqlash va birlamchi yordam koʻrsatishga oʻqitiladi;

— kelgusi yil yakunigacha barcha oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarda hamshira koʻrik xonasi tashkil qilinadi;

— kelgusi yil davomida malaka oshirish markazlarida 15 ming nafar hamshiraning maxsus onlayn kurslarda oʻqitilishi taʼminlanadi;

— tuman shifoxonalariga 4 turdagi kardiologiya uskunalari oʻrnatilib (EKG, ExoKG, xolter-monitor va defibrillyator), koʻrsatiladigan xizmatlar 5 tadan 15 taga oshiriladi. Buning uchun qoʻshimcha 60 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?