Yangi hafta boshida ob-havo qanday boʻlishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 22-25-fevral kuni kutilayotgan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 23-24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 25-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 va 25-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 23-24-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 22-23-fevralda 10-15° iliq, 24-fevralda 5-10° iliq, 25-fevralda 1-6° iliq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-23-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 25-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 va 25-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 23-24-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 22-23-fevralda 10-15° iliq, 24-fevralda 5-10° iliq, 25-fevralda 1-6° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-23-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 25-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 va 24-25-fevralda 3-8° iliq, 23-fevralda 5-10° iliq, kunduzi 22-fevralda 13-18° iliq, 23-24-fevralda 15-20° iliq, 25-fevralda 8-13° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 22 va 25-fevralda 3° sovuq 2° iliq, 23-24-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 22-23-fevralda 10-15° iliq, 24-fevralda 5-10° iliq, 25-fevralda 1-6° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 23-24-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 25-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 23-24-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 25-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-fevralda 5-10° iliq, 23-25-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 22 va 24-25-fevralda 10-15° iliq, 25-fevralda 13-18° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 23-24-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 25-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring