Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz — Prezident

15:13 29 Iyul 2022 Siyosat
432 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda oʻquvchi va talabalarning IT koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi.

«Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz.

Agar yoshlarni IT kasblarga oʻqitishni toʻgʻri yoʻlga qoʻysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan taʼminlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz», dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер