“Kelajak liderlari” klubi aʼzolari “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali yoshlari bilan uchrashdi

22:21 12 Aprel 2022 Jamiyat
327 0

Foto: Халқ сўзи

Uchrashuv doirasida “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari uchun “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialiga ekskursiya tashkil qilindi. Yiliga 60 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqarish quvvatiga ega mazkur zavodda bugungi kunda 2 yarim mingdan ziyod yoshlar mehnat qilayotgani alohida diqqatga molik jihatdir.

Klub aʼzolari zavod tarixiga oid eksponatlar joy olgan muzey, ishlab chiqarish sexlari va boshqaruv tizimi bilan tanishdilar. Yosh liderlar va zavod yoshlari oʻrtasida “ Zakovat» intellektual oʻyini va mini futbol musobaqasi ham oʻtkazildi.

Uchrashuv yakunida zavod yoshlariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali va “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер