Keksalar bepul dori bilan taʼminlanadi

04:58 11 Iyun 2022 Jamiyat
252 0

Foto: Illustrativ foto

Qonunchilikka koʻra:

— oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi;

— sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

— ogʻir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;

— keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;

— davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер