Keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish soddalashtiriladi

Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Unga koʻra, 2022-yilda:
Davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:
— hujjatlarni berish va almashtirishda, oʻzaro bogʻliq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
— “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tugʻilganlik toʻgʻrisida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
— keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish soddalashtiriladi.
Qonun ustuvorligini taʼminlash doirasida:
— ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy etiladi;
— qarori, harakati noqonuniy emasligini maʼmuriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning oʻziga yuklash tartibi joriy etiladi;
— harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi.
Shuningdek, jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish joriy qilinadi.
Ushbu tizimda tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunardmandchilik boʻyicha aniq loyihalari bor shaxslarga bir martalik moddiy yordam beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring