Kegeylilik xotin-qizlar Qoʻrgʻontepadagi fabrikada ish oʻrganmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi ishlarda andijonliklar ham faol ishtirok etayotgani haqida avval ham bir necha bor xabar bergan edik. Ular tomonidan olis Orolboʻyidagi Kegeyli tumanida kutubxona, ishlab chiqarish korxonalari va xonadonlarda issiqxonalar barpo etildi. Tez orada Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Khanteks group” paxtachilik-toʻqimachilik klasterining filiali ham ushbu tumanda oʻz faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Ayni paytda kegeylilik xotin-qizlar Qoʻrgʻontepa tumanidagi mazkur klasterga qarashli fabrikada ish oʻrganmoqdalar.
— Tumanimizda Mustaqillik bayramimiz arafasida 500 oʻrinli korxonaning ishga tushirilishi biz uchun haqiqiy bayram sovgʻasi boʻladi, — deydi kegeylilik Orupxan Aypekova. — Mana shunday zamonaviy korxonada ishlash, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishdan mamnunmiz. Hozirda har 20 kunda 20 nafar ishchi “Khanteks group” klasterining ishlab chiqarish fabrikasida ish oʻrganyapmiz. Bu yerda orttirgan kasb mahoratimizni Kegeylida ishga solib, yaxshi natija koʻrsatish istagidamiz.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring