Kegeylida ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 nafar yigit-qiz uyli boʻldi

Foto: Xalq so‘zi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanida 8 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar uy-joy bilan taʼminlandi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda soʻzga chiqqan jamoatchilik vakillari yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalar ekan, moddiy-maʼnaviy koʻmakka muhtoj yigit-qizlarning boshini silash, ularga mustaqil hayotda va jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun koʻmaklashishdek xalqimizga xos fazilatlar ijtimoiy islohotlarda oʻz ifodasini topayotganini qayd etdilar. Tadbirda Kegeyli tuman hokimi D. Utemuratov turar-joylar kalitini oʻz egalariga topshirdi.
— Oʻz uyiga ega boʻlgan, koʻzlari quvonchdan porlab turgan bu yoshlar davlatimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligini yurakdan his qilmoqdalar, — deydi Kegeyli tuman hokimligi sektor boshligʻi Kamila Abdirazakova. — Prezidentimizning tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizdagi uy-joy bilan taʼminlanishi zarur boʻlgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar roʻyxati shakllantirildi. Shunga koʻra 8 nafar yigit-qizning har biriga ikkilamchi bozordan uylar xarid qilindi. Hokimlik tomonidan bu uylarda qulay sharoitda yashash uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi.
Gʻ. OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring